Uchtepadagi «kichik halqa yo‘li»ning bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismida harakat cheklanadi, deb xabar berdihttps://t.me/poytaxt_uz poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Aytilishicha, ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Beshqayrag‘och ko‘chasidan Foziltepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi.
Haydovchilar yo‘nalishni oldindan rejalashtirishga chaqirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter