Poytaxtning markaziy ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 12-yanvar kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida tantanali piyoda yurish marosimi o‘tkaziladi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning harbiy bo‘linmalari ishtirok etadi. Tantanali piyoda yurish soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hududidan (mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) boshlanib, soat 13:00 gacha davom etadi.

Harbiy bo‘linmalar “Parkent” va “Mustaqillik” ko‘chalari orqali harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasiga yetib boradi. U yerda faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqiriqlari, shuningdek, harbiy orkestrning defile namoyishlari bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng piyoda yurish “Mustaqillik” va “Temiryo‘l” ko‘chalari orqali yakunlanadi.
Tadbir munosabati bilan 12 yanvar kuni soat 11:00 dan 13:00 gacha yuqorida qayd etilgan ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter