Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Onix yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Poytaxt YHXB xabariga ko‘ra, 8 yanvar kuni soat 05:00 larda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘lida 2004 yilda tug‘ilgan haydovchi M.R. Onix’ni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan GAZ-63 yuk avtomashinasiga borib urilgan. Oqibatda Onix yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

YTH oqibatida har ikkala transport vositasi yonib ketgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring