Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yo‘l o‘rtasida janjallashganlarning ishi sudga oshirildi

Toshkentda yo‘l o‘rtasida janjallashganlarning ishi sudga oshirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqarolar yo‘lning qatnov qismida o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt  IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 yanvar kuni taxminan soat 19:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan A.A. o‘zining boshqaruvchidagi Nexia-3 rusumli avtomashinada Shayxontohur tumani Islom Karimov ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida BYD rusumli avtomashina haydovchisi bilan o‘zaro yo‘l talashgan.

Natijada BYD rusumli avtomashina haydovchisi 1982 yilda tug‘ilgan S.A. yo‘lning qatnov qismida to‘xtab, A.A. bilan jamoat joyida – yo‘lning qatnov qismida o‘zaro urushib, jamoat tartibini buzishgan. Janjal natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-modda (“Mayda bezorilik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring