Toshkent aeroportida noqulay ob-havo sabab cheklovlar joriy etildi
Toshkent aeroportida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rinish masofasi 700 m) tufayli samolyotlarning qo‘nishi va jo‘nab ketishiga ba’zi cheklovlar joriy qilindi.
Centrum Air aviakompaniyasining Seul - Toshkent yo‘nalishidagi C6550 reysi va Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda - Toshkent yo‘nalishidagi 9S3304 reyslari ekipajning toifasi o‘rnatilgan cheklovlarga mos kelmaganligi sababli samolyotlar Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter