Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan o‘qituvchi ovozidan ayrildi

Noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan o‘qituvchi ovozidan ayrildi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda noto‘g‘ri tashxis va litsenziyasiz o‘tkazilgan operatsiya oqibatida o‘qituvchi ayol ovozidan ayrildi. Sud-tibbiy ekspertizasi jabrlanuvchining mehnat qobiliyati 35 foizga yo‘qolganini aniqlagan.

Sud qarori bilan xususiy klinika va shifokordan har oylik tovon puli hamda 115 million so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirish belgilangan. Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasining «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyatida yashovchi o‘qituvchi ayolga 2022-yil dekabr oyida qalqonsimon bezda onkologik kasallik alomatlari mavjudligi haqida tashhis qo‘yilgan.

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, ayol Buxoro shahridagi xususiy klinikalardan birida 15 million so‘m to‘lab operatsiya qilingan. Keyinchalik aniqlanishicha, operatsiyani o‘tkazgan shifokor endokrinologiya yo‘nalishida jarrohlik amaliyotini bajarish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Operatsiya vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolik oqibatida ayolning kekirdak qaytuvchi nerv tolalari va ovoz boylamalari shikastlanib, ovoz boylamalari falaji hamda nafas olish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. Bu esa uning o‘qituvchilik faoliyatini davom ettirishiga jiddiy to‘sqinlik qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, mazkur holat ayolning umumiy mehnat qobiliyati 35 foizga turg‘un yo‘qolishiga sabab bo‘lgan va og‘ir tan jarohati sifatida baholangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining 2025 yil 11 apreldagi hukmi bilan shifokor aybli, deb topilgan. Biroq, javobgarlikka tortish muddati o‘tgani sababli shifokor jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tekshiruvida xususiy klinika endokrinologiya bo‘yicha litsenziyasiz operativ davolash faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlanib, unga 102 million so‘m jarima qo‘llanilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning apellyasiya instansiyasi qaroriga asosan, xususiy klinika va shifokordan jabrlanuvchi foydasiga har oy 2,5 million so‘m zarar puli, shuningdek 45 million so‘m moddiy va 70 million so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi tomonidan moddiy va ma’naviy zarar uchun belgilangan mablag‘lar to‘liq undirilgan bo‘lib, har oylik to‘lovlarni undirish ishlari davom etmoqda

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring