Sirdaryoda farzandini kiyim ilgich bilan urgan ayol 3 sutkaga qamaldi
Sirdaryo viloyatida ayol 10 yoshli farzandini to‘garakka bormagani uchun urgani sababli ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol farzandi to‘garakka bormasdan ko‘chada o‘ynab yurganini ko‘rib, qo‘lidagi kiyim ilgich bilan uning boshi va tanasining turli qismlariga urgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, bola sog‘lig‘ining qisqa muddat buzilishiga sabab bo‘lmagan yengil tan jarohati olgan.
Sudda ayol qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, o‘ziga yengillik berishni so‘radi.
Jabrlanuvchining qonuniy vakili — bolaning otasi esa voqea haqida o‘sha kuni ishdan qaytgach xabar topganini aytib, turmush o‘rtog‘iga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirdi hamda unga qonuniy yengillik berilishini so‘radi.
Sud qaroriga ko‘ra, ayolga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shuningdek, unga kelgusida shunga o‘xshash qilmish sodir etgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida tushuntirish berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter