Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 9 qavatli uy yonida mehmonxona uchun qazilgan chuqur cheti o‘pirildi

Toshkentda 9 qavatli uy yonida mehmonxona uchun qazilgan chuqur cheti o‘pirildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Beruniy ko‘chasida, «Beruniy» metro bekati yaqinida qurilayotgan mehmonxona uchun qazilgan poydevor chuqurining cheti o‘pirildi. Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro jabrlangan.

Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tezkor maxsus komissiya tuzildi.

Vaziyat shahar hokimi nazoratiga olingan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, prokuratura organlari, Olmazor tumani hokimligi hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat maxsus komissiya ish boshlagan.

Hozirda voqea joyida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, xavfli hududni o‘rab olish va unga kirishni cheklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Mutaxassislar hodisa sabablarini, shuningdek, yondosh hudud, yo‘l qoplamasi va muhandislik kommunikatsiyalari holatini o‘rganmoqda.

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha mas’ul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi, shaharsozlik qonunchiligi va qurilish me’yorlarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring