Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayolni molxonada saqlagan shaxslar qamaldi

Ayolni molxonada saqlagan shaxslar qamaldi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayolni molxonada saqlab, qiynoqqa solgan shaxslar ustidan sud hukmi o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi hukmi bilan 1981 yilda tug‘ilgan A.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25, 135 va 138-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Shu ish doirasida 1975 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1978 yilda tug‘ilgan K.Sh. va 1951 yilda tug‘ilgan Z.A. ham aybdor deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, M.Sh. va K.Sh.ga 9 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Z.A.ga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

Eslatib o‘tamiz, Uzun tumanida ayol homilador holatida ushbu xonadonga olib kelingan, farzandini uy sharoitida dunyoga keltirgan va tug‘uruqdan so‘ng bolasi undan olib qo‘yilgan, ayolning o‘zi esa molxonaga qamab qo‘yilib, kaltaklangan va og‘ir sharoitlarda saqlangandi.  Dahshatli holat 2025 yil sentyabr oyida jamoatchilikka ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring