Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi bank kartasi ma’lumotlarini ulashganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin

Endi bank kartasi ma’lumotlarini ulashganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin

Bugungi raqamli davrda ko‘pchilik oddiy deb qarayotgan bir odat — ya’ni karta yoki akkaunt ma’lumotlarini boshqalarga berish — endi jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qonunchilik palatasida kiberxavfsizlikni kuchaytirish va raqamli muhitdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va konseptual jihatdan ma’qullandi.

Loyihaga ko‘ra, bank kartalari, elektron va kripto-hamyonlar hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi ma’lumotlarni boshqa shaxslarga qonunga xilof ravishda berish uchun endilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Shu bilan birga, SIM-kartalar, shaxsiy akkauntlar va identifikatsiya vositalarini boshqa shaxslarga berish yoki ulardan noqonuniy foydalanish holatlari uchun ham jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Loyihada yana bir muhim jihat — bank va to‘lov tashkilotlarining javobgarligi oshirilayapti. Agar axborot xavfsizligi talablariga rioya etilmagani sababli mijozga zarar yetsa, ushbu zararni bank yoki to‘lov tashkiloti o‘zi qoplab berishi mexanizmi joriy etilmoqda.

Shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi ob’yektlarida kiberxavfsizlik talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda, axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilyapti, hamda tergov organlariga bank ma’lumotlarini taqdim etish muddatlari aniq belgilab qo‘yilishi va bu talabni buzganlik uchun javobgarlik qat’iylashtirilishi taklif etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring