Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jinoyat ishlarida himoyachining fikri ham majburiy hujjatga aylanishi mumkin

Jinoyat ishlarida himoyachining fikri ham majburiy hujjatga aylanishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Qonun loyihasiga muvofiq, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunga qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, endilikda jinoyat ishi sudga faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan emas, balki himoyachining yozma fikri ham ilova qilingan holda kiritilishi taklif etilmoqda.

Shuningdek, advokatga dastlabki tergov yoki surishtiruv yakunlanganidan so‘ng besh sutka ichida «himoya fikri»ni taqdim etish huquqi beriladi. Unda ayblovga munosabat, dalillar, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, sudga chaqirilishi so‘ralayotgan shaxslar hamda boshqa muhim fikrlar aks ettirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgartishlar sud muhokamalarida tomonlar tengligini ta’minlash, sudyaning ish bo‘yicha har ikki tomonning pozitsiyasi bilan oldindan tanishishiga sharoit yaratish hamda odil sudlov sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qonun qabul qilinishi sud jarayonlarida tortishuv tamoyilini mustahkamlash va advokatning roli hamda ta’sirini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring