Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkumlar o‘qigan kitoblar maxsus tartibda ko‘rib chiqiladi

Mahkumlar o‘qigan kitoblar maxsus tartibda ko‘rib chiqiladi

Hukumatning 2026-yil 12-iyundagi 307-sonli qarori bilan jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan adabiyotlarni o‘qiganligi faktini tasdiqlash bo‘yicha komissiya faoliyati tartibi belgilandi.

Tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mahkumning adabiyotlarni o‘zlashtirganligini baholash va test natijalarini tasdiqlash uchun maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibiga muassasa xodimlari bilan bir qatorda jamoatchilik vakillari ham kiritiladi.

Komissiya talabgorning test sinovini topshirish jarayonini nazorat qiladi hamda natijalarni xulosa asosida tasdiqlaydi. Nizomda komissiya yig‘ilishlari, qoida tariqasida, har yili kamida ikki marta — fevral va avgust oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

Komissiya tomonidan qabul qilingan xulosa talabgorga imzo qo‘ydirilgan holda tanishtiriladi va uning shaxsiy yig‘majildiga qo‘shib qo‘yiladi.

Shuningdek, xulosaning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi. Mahkumning himoyachisi esa o‘z so‘roviga ko‘ra mazkur hujjat nusxasini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Yangi tartib mahkumning huquqlarini ta’minlashga ham qaratilgan. Agar talabgor test o‘tkazilishi jarayoni yoki natijalaridan norozi bo‘lsa, u shaxsan yoki himoyachisi orqali sudga murojaat qilishi mumkin. Buning uchun test natijalari bilan tanishtirilgan kundan boshlab besh ish kuni muddat beriladi.

Nizomga muvofiq, sud shikoyatni ko‘rib chiqib, ikki xil qarordan birini qabul qiladi. Agar talabgor keltirgan dalillar tasdiqlanmasa, test natijalari o‘zgarishsiz qoldiriladi va shikoyat rad etiladi. Dalillar asosli deb topilgan taqdirda esa shikoyat qanoatlantirilib, test sinovi natijalari bekor qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring