Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatida kovrakdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Navoiy viloyatida kovrakdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Ekopolitsiyasi xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida o‘simliklardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida Nurota tumani «Qizilcha» mahallasi hududidagi tog‘ massivida sassiq kovrakni noqonuniy yig‘ib olish holati aniqlandi.

Aniqlanishicha, fuqarolar Ch.A. va E.B. Surxondaryo viloyati Uzun tumani fuqarosi Ch.X. rahbarligida yollanma ishchilar guruhi ishtirokida yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni noqonuniy kesish hamda ularning shirasini yig‘ish bilan shug‘ullangan. Natijada jami 7 500 tup sassiq kovrak o‘simligiga zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Huquqbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida elektron tarozi, o‘simliklarni kesish va shirasini yig‘ish uchun mo‘ljallangan 9 dona o‘tkir pichoq, shuningdek, tarkibida qum aralashmasi bo‘lgan 2 070 gramm shira va 220 gramm toza shirasi olib qo‘yildi. Olib qo‘yilgan ashyolar bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzildi.

Qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, yovvoyi holda o‘suvchi tojik kavraklarining noqonuniy zararlantirilishi natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 3 milliard 90 million so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, tekshiruv davomida "F.E. K." MChJ hududida huquqbuzar Ch.X. tomonidan vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan 9 ta yengil konstruksiya noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi. Nurota tumani ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida mazkur konstruksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda hududdan olib chiqildi.

Reyd tadbirlari davomida to‘plangan materiallar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring