Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha yangi strategiya qabul qilinadi

O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida «Inson huquqlari – 2030» strategiyasini tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Bu borada Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, yangi strategiya 2030-yilgacha inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Hujjat inson huquqlari sohasida milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga yanada moslashtirish, bolalar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, strategiya doirasida inson huquqlari sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

Hujjatda «to‘siqsiz muhit»ni rivojlantirish, Bolalar farovonligi indeksini ishlab chiqish, inson huquqlari bo‘yicha onlayn maktabni ishga tushirish, davlat xizmatchilari uchun maxsus o‘quv kurslarini joriy etish kabi qator yangi tashabbuslar ham nazarda tutilgan.

Loyiha jamoatchilik muhokamasidan so‘ng belgilangan tartibda qabul qilinishi mumkin. Bu tashabbus «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosining bir qismi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring