Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuraturaning bir guruh xodimlari taqdirlandi

Prokuraturaning bir guruh xodimlari taqdirlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Qutlovda so‘nggi yillarda prokuratura organlari faoliyatini isloh qilish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida tizimning xalqqa yanada yaqinlashgani, inson qadri, huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarni bevosita joylarda ta’minlaydigan samarali institutga aylangani alohida ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq prokuratura organlari xodimlaridan bir guruhi orden va medallar bilan taqdirlangan edi. Bugungi tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Nodira Hakimova ushbu yuksak davlat mukofotlarini topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring