Reyd: Buxoro va Navoiyda 40 nafarga yaqin oltin izlovchilar qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi «Quljuqtov» va Navoiy viloyati Konimex tumanidagi «Tovshan» tog‘ massivlarida joylashgan «Oltin Kon» MChJ tasarrufidagi hududlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlandi.
«Kontexnazorat» tomonidan olib borilgan xizmat tekshiruvlarida aniqlangan holatlar yuzasidan materiallar Davlat xavfsizlik xizmatiga yuborilgan.
DXX viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rib, «Quljuqtov» massivida o‘tkazilgan tadbir davomida 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qo‘lga olindi.
Tadbir davomida 3 ta «Ford» avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qo‘lbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalillar sifatida olindi hamda noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd so‘mdan ortiq yetkazilgan zarar aniqlandi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter