Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon xalqaro aeroporti ilk bor Boeing 747-400F orqali tirik yukni qabul qildi

Andijon xalqaro aeroporti ilk bor Boeing 747-400F orqali tirik yukni qabul qildi

Foto: Uzbekistan Airports

4 avgust kuni Andijon xalqaro aeroporti o‘z tarixida ilk bor Challenge Air Cargo aviakompaniyasining Boeing 747-400F rusumidagi yuk samolyotini qabul qildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 03:13 da Belgiyaning Lej xalqaro aeroportidan amalga oshirilgan reys orqali Andijonga 160 bosh, umumiy og‘irligi 83,3 tonna bo‘lgan nasldor tirik qoramollar olib kelindi.

Ma’lum qilinishicha, yuk tarkibida Germaniyaning Simmental va Golshtin zotlariga mansub qoramollar bo‘lgan. Simmental zoti sut va go‘sht yo‘nalishidagi universalligi bilan ajralib tursa, Golshtin zoti dunyodagi eng yuqori sut mahsuldorligiga ega qoramol zotlaridan biri hisoblanadi.

Qoramollarni samolyotdan tushirish, veterinariya nazoratidan o‘tkazish hamda maxsus transport vositalariga ortish ishlari amaldagi veterinariya va biologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirildi.

«Uzbekistan Airports» AJ hamda Andijon xalqaro aeroporti mutaxassislari yukni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etib, tirik hayvonlarning xavfsiz tushirilishi va belgilangan manzilga yetkazilishini ta’minladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring