Birjada un narxida pasayish kuzatildi
O‘tgan hafta, 30-mart – 5-aprel kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 50 560 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 11,1 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 23 912 ta bitim tuzildi.
Jumladan, birja savdolari orqali 18 345 tonna un sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3 669 tonnani tashkil qildi. Bir tonna unning kunlik o‘rtacha narxi 3 mln 909,4 ming so‘mdan 3 mln 855,3 ming so‘mgacha pasaydi.
Shuningdek, birja savdolariga 3 017 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 603 tonnani tashkil qildi. Bu davrda polietilen bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 mln 14,6 ming so‘mdan 15 mln 885,4 ming so‘mgacha pastladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter