Ijara xizmatlarida poytaxt yetakchi. Keyingi o‘rinlarda qaysi hududlar?
2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 6,4 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘rsatkich 17,6 foizga oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida ijara xizmatlari bozorida eng yuqori hajm Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxt hissasiga 2,5 trillion so‘mlik xizmat to‘g‘ri kelgan.
Hududlar orasida keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati va Samarqand viloyati egalladi. Mazkur hududlarda mos ravishda 668,7 mlrd va 601,8 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 399,6 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 349,1 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 338,6 mlrd so‘m hamda Qashqadaryo viloyatida 325,7 mlrd so‘mlik ijara xizmatlari amalga oshirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu ko‘rsatkich 259,4 mlrd so‘mni, Surxondaryo viloyatida 241,4 mlrd so‘mni, Namangan viloyatida esa 207,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Ro‘yxatning keyingi pog‘onalaridan Xorazm (150,9 mlrd so‘m), Jizzax (124,1 mlrd so‘m), Navoiy (113,9 mlrd so‘m) va Sirdaryo (112,2 mlrd so‘m) viloyatlari joy oldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter