MKBANKda giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
MKBANKda «Xavfsiz va sog‘lom yurt» kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, ularning yoshlar hayoti va kelajagiga tahdidi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Boshqaruv raisi o‘rinbosari S.Melibayev, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xodimi, kapitan Ulug‘bek Altiboyev, bank xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi - bank xodimlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining ayanchli oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish hamda ularni turli zararli illatlardan asrashdir.
Davra suhbati davomida Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti mutaxassisi tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiy holati hamda ijtimoiy hayotiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ushbu illatlarning yoshlar kelajagi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararli oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, amaldagi qonunchilik talablari hamda bu turdagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter