Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiymati vaqt bilan yanada qadrlanadigan tanlov!

Qiymati vaqt bilan yanada qadrlanadigan tanlov!

Foto: MKBANK

O‘lchovli oltin quymalar to‘g‘risida ma’lumot

Aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda.

Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘ziga xos seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Oltin quymalarni sotish va qayta sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllantiriladi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi.

Ma’lumot uchun: marja va chegirma miqdorlari o‘lchovli quymalarni muomalaga chiqarish va ularning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsion xarajatlar hisobga olingan holda belgilanadi.

Qadog‘i butun oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan quyma egasiga to‘lov darhol amalga oshirilgan holda qayta sotib olinadi.

Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga javob bermaydigan oltin quymalarni qayta sotib olish ularni texnik ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ekspertiza yakunlanganidan so‘ng to‘lov amalga oshiriladi.

Qadog‘i butun holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

O‘lchovli oltin quymalar va ularning maxsus himoya qadoqlari namunalari

Oltin quymalar 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikda hamda 999,9 asillik darajasiga ega oltindan tayyorlangan.

Oltin quymalar Italiyaning «Certiline Srl.» kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan maxsus qadoqlarda muomalaga chiqariladi.

Oltin quyma va uning qadog‘i bir xil seriya raqamiga ega. Qadoqda uch turdagi himoya elementlari mavjud.

O‘lchovli oltin quymalarni sotish va qayta sotib olish shoxobchalari

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring