Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyga Belgiyadan zotdor qoramol olib kelindi

Navoiyga Belgiyadan zotdor qoramol olib kelindi

Foto: O‘zA

«Air Atlanta Icelandic» aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk samolyoti Belgiyaning Lej shahridan Navoiy xalqaro aeroportiga maxsus reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Samolyot orqali umumiy og‘irligi 82,5 tonna bo‘lgan 165 bosh zotdor yirik shoxli qoramol yetkazib berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yuk aeroportning zamonaviy yuk terminalida tezkor ravishda tushirilib, milliy va xalqaro talablarga muvofiq veterinariya, bojxona hamda chegara nazoratidan o‘tkazildi.

Yukni qabul qilish, tushirish va rasmiylashtirish ishlari yuk terminali mutaxassislari hamda bojxona, chegara va veterinariya xizmati xodimlarining samarali hamkorligi tufayli qisqa muddatda yakunlandi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonga Pokistondan 200 bosh zotdor yirik shoxli qoramol olib kelinishi xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring