Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga tijorat maqsadida keluvchilarning asosiy qismi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri keldi

O‘zbekistonga tijorat maqsadida keluvchilarning asosiy qismi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri keldi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga tijorat maqsadida jami 228,6 ming nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan.

Hisobotga ko‘ra, tashrif buyurganlarning asosiy qismi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri keladi. Olti oy davomida ushbu mamlakatdan 205 ming 937 nafar fuqaro O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan.

Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston 16 ming 322 nafar va Tojikiston 4 ming 320 nafar tashrif buyuruvchi bilan qayd etilgan.

Statistikaga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasidan 628 nafar, Qozog‘istondan 311 nafar, Rossiyadan 230 nafar va Turkiyadan 188 nafar fuqaro tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Boshqa davlatlar hissasiga esa jami 679 nafar tashrif buyuruvchi to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring