Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misr kompaniyasi O‘zbekistonda asfaltni jaziramadan himoyalovchi vositalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Misr kompaniyasi O‘zbekistonda asfaltni jaziramadan himoyalovchi vositalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi diplomatlari Xalqaro tijorat va qurilish kompaniyasi direktori Amr El-Shenavi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Uchrashuv davomida Misr tomoni O‘zbekiston bilan hamkorlikni, xususan, avtomobil yo‘llari va ko‘priklar qurilishi sohasida rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Amr El-Shenavi zamonaviy avtomagistrallar va ko‘priklarni yuqori sifatli xomashyolardan foydalangan holda birgalikda barpo etishni taklif qildi.

Tomonlar, shuningdek, asfalt qoplamasini quyosh nurlarining bevosita ta’siridan himoya qiluvchi maxsus vositalarni o‘rnatish bo‘yicha innovatsion yechimlarni muhokama qildi.

Qayd etilishicha, mazkur texnologiya yo‘l infratuzilmasining xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytirish va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Misr kompaniyasi ushbu himoya konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan korxonani O‘zbekistonda tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakunida joriy yilning sentyabr–oktyabr oylarida Amr El-Shenavining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring