Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda investitsiyalar qaysi sohalarga ko‘proq yo‘naltirilmoqda?

O‘zbekistonda investitsiyalar qaysi sohalarga ko‘proq yo‘naltirilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338 trln 900 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan. Investitsiyalarning eng katta qismi ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri kelib, bu yo‘nalishda 100 trln 500 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Keyingi o‘rinlarda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 32 trln 900 mlrd so‘m, qurilish — 32 trln 500 mlrd so‘m, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo yo‘nalishi — 29 trln 900 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.

Turar joy qurilishiga 27 trln 300 mlrd so‘m, tog‘-kon sanoatiga 21 trln 800 mlrd so‘m, tashish va saqlash sohasiga 16 trln 300 mlrd so‘m investitsiya kiritilgan.

Ulgurji va chakana savdo, avtotransport vositalari va mototransport vositalarini ta’mirlashga 13 trln 700 mlrd so‘m, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta foydalanish sohasiga 7 trln 400 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.

Ta’lim sohasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar 7 trln 200 mlrd so‘m, axborot va aloqa sohasida 5 trln 800 mlrd so‘m, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5 trln 600 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga 4 trln 600 mlrd so‘mdan, moliya va sug‘urta faoliyatiga 2 trln 400 mlrd so‘m sarflangan.

San’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasiga 2 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan. Boshqa faoliyat turlari hisobiga esa 24 trln 400 mlrd so‘m to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring