Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tashish va saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda tashish va saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni ma’lum bo‘ldi

Foto: Ecosystem-cosmos.ru

2026-yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda tashish va saqlash sohasida jami 585 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya 124 ta korxona bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyin Xitoy 115 ta va Qozog‘iston 113 ta korxona bilan eng faol ishtirokchilardan hisoblanadi.

Shuningdek, Turkiya 52 ta, Birlashgan Arab Amirliklari 23 ta va Afg‘oniston 19 ta korxona bilan ushbu bozorda muayyan ulushga ega.

AQSh va Turkmanistondan har biri 15 tadan korxona faoliyat yuritmoqda. Bu mamlakatlar ham logistika va tashish sohasida o‘z ishtirokini saqlab qolmoqda.

Buyuk Britaniyadan 10 ta, Armanistondan esa 3 ta korxona qayd etilgan. Qolgan 96 ta korxona boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring