Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Yakshanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi. 

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo‘ladi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring