Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent xalqaro aeroporti va UzAirways yarim yilda qancha soliq to‘ladi?

Toshkent xalqaro aeroporti va UzAirways yarim yilda qancha soliq to‘ladi?

Foto: Xabar.uz

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 163 932 ta yuridik shaxs tomonidan 23,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Shundan 4,67 trln so‘mi, ya’ni jami tushumning 19,8 foizi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ularning tovar aylanmasi 41 trln so‘m, foydalanilgan soliq imtiyozlari esa 2,85 trln so‘mni tashkil etgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar:
«O‘ZBEKTELEKOM» AJ — 837,9 mlrd so‘m;
«Asia Trans Gas» MChJ — 726,1 mlrd so‘m;
«Uzbekistan Airways» AJ — 440,1 mlrd so‘m;
«Paynet» AJ — 276,9 mlrd so‘m;
«Unitel» MChJ XK — 271,5 mlrd so‘m;
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti — 196,6 mlrd so‘m.

Soliq tushumlari tarkibi:
foyda solig‘i — 1,50 trln so‘m;
QQS — 1,45 trln so‘m;
ijtimoiy soliq — 635 mlrd so‘m;
JShODS — 605,4 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i — 147,1 mlrd so‘m;
aylanmadan olinadigan soliq — 121,7 mlrd so‘m;
yer solig‘i — 65,7 mlrd so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring