Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar ochiqlandi

Xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi 161 751 ta yuridik shaxs tomonidan 10,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Sohadagi jami tovar aylanmasi 208,7 trln so‘mni tashkil etgan. Korxonalar tomonidan 9,1 trln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.

Shundan 20 ta eng yirik soliq to‘lovchi hissasiga 2,1 trln so‘m soliq tushumi to‘g‘ri kelgan. Bu umumiy tushumning 19,8 foizini tashkil etadi. Top-20 kompaniyaning jami tovar aylanmasi 25,9 trln so‘m, foydalanilgan soliq imtiyozlari esa 1,5 trln so‘mdan oshgan.

Yirik soliq to‘lovchilar

Eng ko‘p soliq to‘lagan 10 ta kompaniya quyidagilar bo‘ldi:
«O‘zbektelekom» AJ — 353,4 mlrd so‘m;
«Asia Trans Gas» MChJ — 351,4 mlrd so‘m;
«Uzbekistan Airways» AJ — 232 mlrd so‘m;
«Coscom» MChJ — 127,4 mlrd so‘m;
«Paynet» AJ — 115 mlrd so‘m;
«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJ — 108,4 mlrd so‘m;
«Unitel» MChJ XK — 107,5 mlrd so‘m;
«My Freighter» MChJ — 85,7 mlrd so‘m;
«Temir yo‘l infra tuzilma» MChJ — 85 mlrd so‘m;
«Universal Mobile Systems» MChJ — 83,4 mlrd so‘m.

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda «Toshshahartransxizmat» AJ, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ, «YGO UB» MChJ, «Information Technology Center» MChJ QK va boshqa kompaniyalar qayd etilgan.

Soliq tushumlari tarkibi

Top-20 kompaniya tomonidan to‘langan 2,1 trln so‘mlik tushumning asosiy qismi foyda solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich 805,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 576,9 mlrd so‘m, ijtimoiy soliq bo‘yicha 348 mlrd so‘m, jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha 296,1 mlrd so‘m tushum ta’minlangan.

Mol-mulk solig‘i 70,4 mlrd so‘m, yer solig‘i 37,2 mlrd so‘m va aksiz solig‘i 10,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring