Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mo‘ynoqda katta bosimli yangi tabiiy gaz oqimi aniqlandi

Mo‘ynoqda katta bosimli yangi tabiiy gaz oqimi aniqlandi

Foto: «Uzbekneftegaz»

Izlov ishlari natijasida katta chuqurlikda tabiiy gaz zaxiralari qayd etildi. Maydonda qo‘shimcha burg‘ilash ishlari rejalashtirilmoqda.

Ustyurt mintaqasidagi “Mo‘ynoq” koni yaqinida joylashgan Shagirlik–quyi yura 2-sonli izlov qudug‘ida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekneftgaz AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Quduq Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi O‘zbekgeofizika AJ hamda Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti DM tomonidan o‘tkazilgan 3D seysmik qidiruv ishlari ma’lumotlari asosida chuqur izlov burg‘ilashi uchun tayyorlangan.

Ma’lum qilinishicha, quduq 10 yanvar kuni quyi yura qatlamlarida 5265 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan. 5265–5061 metr oralig‘ida tabiiy gaz uyumlari aniqlangan.

Quyi yura qatlamlarining geologik tuzilishini yanada chuqur o‘rganish hamda gaz zaxiralarining tarqalish chegaralarini aniqlash maqsadida mazkur maydonda 3 va 4-sonli yangi izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring