Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol o‘ziga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan erini «MIBchi»lardan yashirib qo‘ydi

Ayol o‘ziga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan erini «MIBchi»lardan yashirib qo‘ydi

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi tomonidan farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bosh tortgan qarzdor B.D.ga nisbatan muqaddam qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qarzdor B.D. Samarqand shahrida aliment undiruvchi bilan birgalikda yashab kelayotgani aniqlandi.

Qidiruvdagi shaxs topilib, keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun MIBning G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochisiga topshirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, B.D.ning aliment bo‘yicha qarzi 60 million so‘mdan oshib ketgan.

Undiruvchidan qidiruvdagi shaxsni nega yashirgani so‘ralganida, u erining qamalishidan qo‘rqqani uchun bu holatga yo‘l qo‘yganini ma’lum qildi.

Ijro harakatlari davomida juftlik o‘zaro yarashgani sababli, undiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati ijrosiz qaytarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring