Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayrim tovarlarni birja orqali sotish muddati uzaytirildi

Ayrim tovarlarni birja orqali sotish muddati uzaytirildi

Prezidentning 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga muvofiq ayrim tovarlarni ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotish tartibining amal qilish muddati uzaytirildi.

Xususan, mazkur farmon bilan 2022-yil 24-noyabrdagi PQ-430-son qaroriga o‘zgartirish kiritilib, po‘lat sharlar, listli metall prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, neft koksi, sintetik nafta, barda, sement, paxta chigiti, paxta yog‘i (shu jumladan, ekstraksiya paxta yog‘i), paxta shroti, sheluxasi va iste’mol etil spirti kabi tovarlarni faqat birja savdolari orqali sotish muddati 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

«Bu, o‘z navbatida, mahalliy tadbirkorlarga ochiq birja savdolarida ishtirok etish hamda ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida sotish yoki sotib olish imkoniyatini yaratadi.

Mazkur o‘zgartirishlar, shuningdek, mamlakatimiz tovar bozorlarida shaffoflikni oshirish, raqobatni kuchaytirish va bozor mexanizmlarining yana-da rivojlanishiga xizmat qiladi», – deyiladi O‘zRTXB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring