Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bag‘dod tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Bag‘dod tumaniga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Bag‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada lavozimidan ozod etilgan G‘anijon Soliyev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi. 

Hozirga qadar Farg‘ona viloyati 426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Hojiqo‘zijon Isaqov Bag‘dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Hojiqo‘zijon Isaqov avval Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring