Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farg‘onada qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farg‘ona viloyatida mahalliy ijro hokimiyati tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Davlat rahbarining viloyatga tashrifi va o‘rganishlaridan so‘ng qator shahar va tuman hokimlari almashtirildi.

Avvalroq Bag‘dod tumaniga G‘anijon Soliyev o‘rniga Hojiqo‘zijon Isaqov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. U O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.

Beshariq tumaniga esa Ilyos Valeriyevich Novikov rahbar etib tasdiqlandi. U avval Qo‘shtepa tumani hokimi bo‘lib ishlagan va 2024-yilda uy-joy qurilishidagi kamchiliklar uchun tanqidga uchrab, lavozimidan ozod etilgan edi.

Marg‘ilon shahrida ham rahbariyat o‘zgardi. Shukurulloxon Nisbatxonov shahar hokimi lavozimidan chetlatildi.

Uning faoliyati davomida «Yashil makon» loyihasi va qishga tayyorgarlik ishlarida kamchiliklar kuzatilgani uchun unga hayfsan berilgan edi. Yangi hokim sifatida Elbek Rustamovich Rustamov tayinlandi.

Farg‘ona tumanida ham o‘zgarish kuzatildi. Hamidullo Inomov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan Nodirjon Ro‘ziboyevich Mashrapov hokim etib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring