Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biznes Ombudsman aralashuvi bilan tadbirkor murojaati ijobiy hal etildi

Biznes Ombudsman aralashuvi bilan tadbirkor murojaati ijobiy hal etildi

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor K. Yakubovning onlayn-auksion orqali qonuniy ravishda yutib olingan yer uchastkasini rasmiylashtirishda yuzaga kelgan muammolari Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes Ombudsman) tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Kadastr agentligi bilan hamkorlikda masala atroflicha tahlil qilinib, mavjud kadastr ma’lumotlaridagi nomuvofiqliklar aniqlandi. Natijada, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 avgustdagi 426-son qarori asosida tashkil etilgan hududiy komissiya tomonidan nizo sudgacha tartibda ko‘rib chiqildi.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, auksion hujjatlarida ko‘rsatilgan 0,2166 gektar yer maydonining amaldagi holati tasdiqlanib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish bekor qilindi hamda yer uchastkasini belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Biznes Ombudsman instituti tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash va tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor hal etish bo‘yicha ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring