Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya qo‘mitasi: Havo sifati bir haftadan so‘ng yaxshilanadi

Ekologiya qo‘mitasi: Havo sifati bir haftadan so‘ng yaxshilanadi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda noqulay meteorologik sharoitlar 16–17 yanvarga qadar saqlanib turishi, antitsiklonlar kirib kelishi natijasida yog‘ingarchilik va shamol tezligi oshishi hisobiga atmosfera havosi sifati bosqichma-bosqich normallashishi kutilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayrim hollarda kunduzgi va kechki havo harorati o‘rtasidagi farq 14 darajagacha yetishi, tuman tushishi hamda shamol tezligining pasayishi atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda Maxsus komissiya tomonidan ekologik reydlar hamda nazorat tadbirlari kuchaytirilgan.

Atmosfera havosiga antropogen (ya’ni insoniy faoliyat) yuklamani kamaytirish maqsadida ayrim korxonalar quvvati cheklanmoqda, ba’zilarining faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilmoqda.

Qayd etilishicha, 1–7 yanvar kunlari Toshkent shahridagi 12 ta va Toshkent viloyatidagi 22 ta ishlab chiqarish korxonasida tekshiruvlar o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, atmosfera havosini ifloslantirgan o‘nlab avtotransport vositalariga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring