Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Energetika vazirligi metan zapravkalar bo‘yicha yangi ma’lumot taqdim etdi

Energetika vazirligi metan zapravkalar bo‘yicha yangi ma’lumot taqdim etdi

Foto: Xabar.uz

Ertaga, 23-dekabr soat 10:00 dan 16:00 ga qadar Respublika bo‘yicha barcha metan zapravkalar odatdagi rejimda faoliyat yuritadi.

Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. 

Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 

Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda vazirlik va hokimliklar tomonidan birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash hisobga olinadi. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi. 

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda metan zapravkalarning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barcha sohalarda barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi, deyiladi vazirlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni ham shoxobchalar 10:00dan 16:00ga qadar faoliyat yuritdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring