Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston va Shirin shaharlari hududi kengaytirilishi mumkin

Guliston va Shirin shaharlari hududi kengaytirilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sirdaryo viloyatidagi qator shahar va tumanlar chegaralarini o‘zgartirishga oid qaror loyihasini ma’qulladi.

Taklif etilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Guliston tumanidan 527,23 gektar, Boyovut tumanidan 582 gektar yer maydonini Guliston shahri tarkibiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Boyovut tumanining yana 638,77 gektar yer maydonini Shirin shahri tarkibiga kiritish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, Guliston va Shirin shaharlari viloyatda aholi eng zich joylashgan hududlar qatoriga kiradi. Shaharlar hududining kengaytirilishi aholi zichligini kamaytirish, transport qatnovini yaxshilash va yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Yangi hududlarda sanoat zonalari, texnoparklar va yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish, qurilish, xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalarida o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratish imkoni paydo bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, chegaralarni o‘zgartirish masalasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hamda viloyat Kengashida muhokama qilingan. Hududlar chegaralarining kartografik chizmasi va chegara chizig‘i tasnifi ham ma’qullangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring