Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama qaytadimi? Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

Jazirama qaytadimi? Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etildi. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududida asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

​Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va yakshanba kuni 36-39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40-42 darajagacha yetadi.

​Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kүchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​24-iyul kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

​Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzgi havo harorati 34-36 daraja, ertaga kechasi 21-23 daraja, kunduzi 35-37 daraja, yakshanba kuni kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring