Migratsiya agentligi mas’ullari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qilgan
Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda Migratsiya agentligining mas’ul shaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ning amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi sifatida hamda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab bergani aniqlangan. Natijada budjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter