Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MO davlatlarida diplomlar o‘zaro tan olinishiga doir shartnoma yo‘q – BMBA

MO davlatlarida diplomlar o‘zaro tan olinishiga doir shartnoma yo‘q – BMBA

Bir muddat oldin Qozog‘iston hukumati Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan oliy ta’lim hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani va mazkur Bitim loyihasi ishlab chiqilgani haqida xabar berilgan edi. 

Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur ma’lumotni rad etib, ayn paytda MO davlatlarida diplomlar o‘zaro tan olinishiga doir shartnoma yo‘qligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asossiz bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston diplomlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha xalqaro shartnoma mavjud emas. Mazkur davlatlarda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim olganlik haqidagi diplomlarni tan olish ularning milliy qonunchiligida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan olish «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda Hukumatning 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida»gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom bilan O‘zbekiston hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar toifalari belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring