Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moliya bo‘limi boshlig‘i hokimlik pullarini talon-toroj qilgani oshkor bo‘ldi

Moliya bo‘limi boshlig‘i hokimlik pullarini talon-toroj qilgani oshkor bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Bag‘dod tumanida hokimlik jamg‘armasidagi pullarni talon-toroj qilgan sobiq moliya bo‘limi boshlig‘i aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda Bag‘dod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining sobiq boshlig‘i U.M. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) hokimlik jamg‘armasidagi 600 mln so‘mni «Chek-Xitoy» MFY hududidagi savdo do‘konlari atrofini obodonlashtirish maqsadida «T.W.» MChJ hisob raqamiga o‘tkazib, 380 mln so‘mini naqdlashtirgan.  So‘ngra ushbu pullar hisobidan MChJ rahbari J.T.dan 27 000 AQSh dollarini olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring