Namanganda 4 ballik zilzila kuzatildi
Seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 11-noyabr kuni soat 22:32 da Namangan viloyatida zilzila sodir bo‘ldi.
Yer silkinishining magnitudasi 3,9 ballni, chuqurligi esa 16 kilometrni tashkil etdi. Zilzila epitsentri Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida, Toshkentdan 193 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Epitsentrda yer silkinishi 4 ball, viloyat hududida esa 2–3 ball atrofida sezilgan.
Talafotlar va jabrlanganlar yo‘q.
Bir necha kun avval Surxondaryoda 5 ballik zilzila kuzatilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter