Nazorat inspeksiyasi haydovchilarni ogohlantirdi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi nazorat xaridi o‘tkazdi. Unda Buxoro shahridagi “Sitora” bozorida sotilayotgan, viloyatda ishlab chiqarilgan “Tosol lider” antifriz mahsuloti tekshirildi.
O‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasida mazkur mahsulot amaldagi standart talablariga mos emasligi aniqlandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sifatsiz antifriz issiqlikni to‘liq o‘tkazmaydi, natijada sovutish tizimi dvigatelni yetarlicha sovita olmaydi. Bu esa dvigatelning haddan tashqari qizishiga, radiator, nasos, trubkalar va blokdagi yo‘llarda zang va nosozliklarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Shu bois iste’molchilarga antifriz tanlashda mahsulotning yorlig‘i, ishlab chiqaruvchi mamlakati, texnik ko‘rsatkichlari va sertifikatlanganligiga alohida e’tibor berish tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter