Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ota farzandlaridan «qutulish» uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Ota farzandlaridan «qutulish» uchun 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

Illyustrativ foto

Buxoro viloyati Vobkent tumanida chet elda ishlashni uch nafar farzandidan ustun qo‘ygan ota 262 million so‘m alimentni biryo‘la to‘lab berdi. U shu yo‘l bilan farzandlari ta’minotidan 5 yilga «qutulganini» ma’lum qildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, vobkentlik R.J. va Sh.Q. o‘rtasidagi nikoh o‘zaro kelishmovchiliklar sababli ajrashish yoqasiga kelib qolgan. Bu oilada uch nafar voyaga yetmagan farzand bor.

Er arazlab, chet elga ishlash uchun chiqib ketgan, ayol esa farzandlari ta’minoti uchun eridan aliment undirish maqsadida sudga ariza bergan.

Sud qaroriga ko‘ra, qarzdor R.J.dan undiruvchi Sh.Q. foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Ijro hujjati MIBning Vobkent tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, ijro harakatlariga kirishilgan.

Jarayonda qarzdorning ishlash uchun chet elga chiqib ketgani aniqlandi. Biroq ota kelgusida aliment qarzdorligi sababli chetga chiqishiga cheklov qo‘yilishining oldini olish maqsadida 2026-yil 1-fevraldan 2031-yil 1-fevralgacha bo‘lgan 5 yillik davr uchun aliment pullarini oldindan to‘lashni afzal bildi. Shu tariqa, u biryo‘la bu tashvishdan «qutulishini» ma’lum qildi.

«Qonun o‘z ishini qildi, ijro ta’minlandi. Ota 261 891 502 so‘m aliment pullarini biryo‘la to‘ladi. Biroq farzandlarini boqishga imkoni bo‘la turib, 5 yilga ular tashvishidan «qutuldim» degan otaga xorij tatirmikin? Bu jamiyatimiz uchun og‘riqli savolga aylandi», — deydi sudda ishtirok etgan mahalla faoli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring