O‘zbekistonda rieltorlik tashkilotlariga maxsus standartlar belgilandi
Adliya vazirligi rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk ob’yektlarini ishonchli boshqarish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk ob’yektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni taqsimlash kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshirishi lozim.
Standartlarga asosan:
- ko‘chmas mulk ob’yektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
- ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o‘rtasidagi huquq — majburiyatlar;
- ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo‘yicha talablar;
- boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash mezonlari belgilandi.
Ta’kidlanishicha, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud rieltorlik tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda tegishli xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter