O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga ko‘p safar qilayotgani ma’lum bo‘ldi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,1 mln nafarga yoki 26,8 foizga oshgan.
Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan mamlakatlar (top-10):
- Qirg‘iziston — 2,3 mln nafar;
- Qozog‘iston — 956 ming nafar;
- Tojikiston — 887,9 ming nafar;
- Rossiya — 312,7 ming nafar;
- Turkiya — 181,7 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar;
- BAA — 94,2 ming nafar;
- Misr — 45,4 ming nafar;
- Vetnam — 28,5 ming nafar;
- Xitoy — 27,6 ming nafar;
Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter