O‘zbekistonliklarning «chiqindi xizmati»dan qarzdorligi 623 mlrd so‘mga yetgan
2025-yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra aholiga ko‘rsatilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun hisoblangan 1 trln 454 mlrd so‘m to‘lovlarning 1 trln 304 mlrd so‘mi yoki 90 foizi qoplangan.
Ayni xizmatlardan aholining debitor qarzdorligi 622,7 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Haqiqatda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 211,9 mlrd so‘m noreal debitor qarzdorliklar elektron tizimdan chiqarilgan.
Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligining 2025-yil davomida bajarilgan ishlar yuzasidan bergan axborotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mavjud 9 452 ta mahallada yashovchi 37,5 mln nafar aholining mahalla bo‘yicha 8 105 tasi, ya’ni 87 foizi, aholi bo‘yicha 23,9 mln nafari ya’ni 64 foizi xizmatlar bilan qamrab olingan.
Tahlillarga ko‘ra 2025-yilda 15,1 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lgan.
Shuningdek, hisobot davrida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklarining tegishli qarorlari bilan yer maydonlari ajratilib, Agentlik boshchiligida ekosanoat zonalari tashkil etildi. Shuningdek, 11 ta hududda jami 14 ta qayta yuklash stansiyasi qurilishi hamda zarur infratuzilma bilan ta’minlanishi rejalashtirildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter