Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi e’lon qilinadi

Prezident: butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi e’lon qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida mahallaning ozodaligi shu yerda yashayotgan aholi, «mahalla yettiligi» hamda hokimning «yuzi» ekani ta’kildlandi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim mahallalar, ko‘chalar, qurilishlar atrofi, ariqlar, xiyobonlarda ozodalik talablariga rioya etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi e’lon qilinadi.

Har bir tuman va shahar hokimi ko‘chasi, yo‘li, arig‘i, xiyobonini tartibga keltirib, doimo ozoda tutishi shartligi qayd etildi.

Obodonlashtirishga mas’ul hokim o‘rinbosarlariga bugunoq 24 soat ishlaydigan brigadalar tashkil qilib, ko‘cha, xonadon, ko‘p qavatli uy, ijtimoiy ob’yektlar atrofini tozalash topshirildi.

«Toza hudud» korxonalariga qarashli maxsus texnikalar ham bunga to‘liq safarbar qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga chiqindi tashlaganlik uchun jarima qo‘llash vakolati berilgani qayd etilib, ularga joylarga chiqib, shahar va tuman markazlarida kunlik nazorat o‘rnatish topshirildi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring