Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident hududlarning biznes ixtisosligini belgilab berdi

Prezident hududlarning biznes ixtisosligini belgilab berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi. Davlat rahbari yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolish aholi hayotini yanada yaxshilash uchun muhim ekanini ta’kidladi.

— Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur, — dedi davlat rahbari.

2026-yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish maqsadi qo‘yilgan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, qo‘shilgan qiymatni oshirish va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes asosiy o‘sish nuqtasi bo‘ladi. Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik hamda mashinasozlikni rivojlantirish vazifasi belgilandi.

Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalariga aylantiriladi. Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo sohalariga e’tibor qaratiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat hamda neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlari yaratiladi. Qoraqalpog‘istonda esa «yashil» energetika, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt iqtisodiy drayverga aylanadi.

Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.

— Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi, — dedi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring